Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat kampaniyasi boshlandi

Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat kampaniyasi boshlandi

Toshkentda Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat" global kampaniyasi boshlandi.

Bu kampaniya ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun jamiyatning barcha qatlamlari sa’y-harakatlarini birlashtirishga chorlaydi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ushbu muhim tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z logotipini olov rangga o‘zgartirdi. Bu rang umid, yorug‘lik va zo‘ravonliksiz kelajak ramzidir.

Agentlik barchani ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatlash, muammoga e’tibor qaratish va birdamlikni namoyish etishga chorlaydi.

Birgalikda biz dunyoni xavfsizroq qila olamiz. Zero, zo‘ravonlik hech qachon oqlanmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 25 noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni.

Kiritildi: Bugun 15:16. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!