Salome Zurabishvili Yevropa parlamentida so‘zga chiqib, Gruziyada jamiyat aslida bo‘linmaganini, balki gruzin xalqi va hukmron “Gruziya orzusi” partiyasining repressiv apparati o‘rtasida ziddiyat mavjudligini ta’kidladi.
Gruziya prezidenti mamlakatda tinch namoyishchilarga nisbatan polisiyaning tazyiqlari fonida yangi saylovlar o‘tkazilishi uchun Yevropa Ittifoqini hukumatga bosim o‘tkazishga chaqirdi. Shu bilan birga, Zurabishvili namoyishlarni juda tinch tusga ega deb ta’rifladi.
"Biz faqat ikkita narsani so‘raymiz. Ovozimizni qaytarib berishsin, chunki saylovlar o‘g‘irlangan, yangi saylovlar o‘tkazish orqali Yevropa tomon yo‘nalgan kelajagimizni tiklab berishsin", — dedi Zurabishvili.