Moldova o‘zi foydalangan Rossiya gazi uchun pul to‘lashi kerak, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
Uning ta’kidlashicha, Moldova hukumati Rossiya tomonidan shantaj haqida «ertaklar o‘ylab topmoqda.»
"Prezident Sandu o‘tgan hafta Bryusselga tashrif buyurdi, u erda u Rossiyaning gaz shantajidan shikoyat qildi ... Ishlatilgan narsa uchun to‘lash vaqti keldi. Kimdir ularni shantaj qilayotgani haqida hech qanday ertak o‘ylab topmasin”, — dedi Zaxarova brifingda.