Bugun 19 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ruslar Suriyadan qochmoqda

Ruslar Suriyadan qochmoqda

Ruslar Suriyadagi eng yirik aerodromni tark etdi.

Rossiya qo‘shinlari Suriyaning Homs va Palmira o‘rtasida joylashgan eng yirik Tiyas (T-4 yoki Tifor bazasi) aerodromidan chiqib ketishni yakunladi. Bu haqda rus OAVi jurnalist Anastasiya Kashevarovga tayanib xabar berdi.

Tiyas aerodromi muhim harbiy ob’ekt hisoblangan. Sovet davrida bazada sovet samolyotlari joylashgan bo‘lib, so‘nggi yillarda u Suriya va Rossiya harbiylari tomonidan birgalikda foydalanilgan. T-4 mamlakatning asosiy issiqlik elektr stansiyalarini ta’minlovchi yirik gaz konlari yonida joylashganligi sababli ham strategik rol o‘ynaydi.

Kashevarova vaziyatni ta’riflab, Suriya armiyasi bazadagi pozisiyalarini deyarli bir zumda tark etgani, ko‘plab askarlar ob’ektni himoya qilishga urinmasdan fuqarolik kiyimida qochib ketganini ta’kidladi. Bazada qamalda qolgan rus harbiylari mudofaaga tayyorgarlik ko‘rgan, ammo oxir-oqibat T-4ni ham tark etgan.

O‘tgan hafta Rossiya harbiylari Suriya shimolida joylashgan Kobani va Manbij aholi punktlaridagi bazalarini tark etdi. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib, The Washington Post (WP) xabar berdi. Rossiya guruhi qo‘mondonligi alohida bo‘linmalarni Suriyaning chekka hududlaridan olib chiqib, ularni Latakiya va Tartusdagi asosiy bazalar hududlariga jamlashda davom etmoqda.

Kiritildi: 22:15 18.12.2024. O'qildi: 819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!