Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Zoyir Mirzayev Tojikistonning So‘g‘d viloyatiga tashrif buyurdi

Zoyir Mirzayev Tojikistonning So‘g‘d viloyatiga tashrif buyurdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegasiyasi Tojikistonning So‘g‘d viloyatiga tashrif buyurdi.

So‘g‘dda O‘zbekiston delegasiyasi milliy ashula va raqslar bilan samimiy kutib olindi.

Delegasiya bugun “So‘g‘d-2024” savdo yarmarkasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi, Zoyir Mirzayev u yerda nutq so‘zladi.

Tashrif davomida Toshkent viloyati va So‘g‘d violyati vakillari o‘zaro iqtisodiy sherikchilik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, savdo va tovar ayriboshlash hajmini yanada oshirish, ijtimoiy hamkorlikni kengaytirish, turizmni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

Muzokaralar davomida yaqin vaqtda maktab va oliy ta’lim yo‘nalishida o‘zaro yaqin hamkorlik loyihalarini amalga oshirishiga kelishib olindi.

Shuningdek, turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Tashrif davomida o‘zbek, tojik tadbirkorlari ishtirokida B2B formatida muloqot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 08:24 19.06.2024. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!