Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zominda Ramazon oyi savdo yarmarkasi tashkil etildi

Zominda Ramazon oyi savdo yarmarkasi tashkil etildi

Muborak Ramazon oyi arafasida Zomin tumanida ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik ehtiyoj mahsulotlari narx-navosini barqaror saqlash maqsadida savdo yarmarkasi tashkil etildi hamda savdo nuqtalarida monitoring ishlari kuchaytirildi.

Aholini arzon va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, narxlarning sun’iy ravishda oshib ketishining oldini olish hamda bozorlarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Shu munosabat bilan Zomin tumani hokimligi tomonidan bozorlarda va savdo shoxobchalarida tizimli o‘rganish hamda nazorat ishlari olib borilmoqda.

Mas’ul xodimlar tomonidan mahsulotlar narxi, mavjud zaxiralar hajmi, savdo qoidalariga rioya etilishi hamda sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinishi muntazam ravishda tahlil etilmoqda. Savdo yarmarkasi doirasida aholiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari maqbul va hamyonbop narxlarda taklif etilmoqda.

Mazkur chora-tadbirlar Ramazon oyi davomida narx-navolar barqarorligini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ichki bozorda muvozanatni saqlashga xizmat qiladi.

Kiritildi: Bugun 09:29. O'qildi: 280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!