Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

"Zomin qozon patiri" – O‘zbekistonning 20-georrafik ko‘rsatkichiga aylandi

"Zomin qozon patiri"  – O‘zbekistonning 20-georrafik ko‘rsatkichiga aylandi

Adliya vazirligi tomonidan "Zomin qozon patiri" geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, geografik ko‘rsatkich – bu mahsulotning ma’lum hududga xosligini va sifatini huquqiy jihatdan himoya qiluvchi belgi. U mahsulotning kelib chiqish joyini, an’anaviy reseptini va o‘ziga xos xususiyatlarini davlat darajasida kafolatlaydi.

"Zomin qozon patiri" – Jizzax viloyatining Zomin tumanida qadimdan tayyorlanadigan non mahsuloti bo‘lib, alohida qorilgan xamir, mahalliy sut va sariyog‘ bilan qozonda pishiriladi. U o‘zining noyob ta’mi va sifat xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Endi "Zomin qozon patiri" O‘zbekiston davlat reestrida 20-geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning nomi, sifati va kelib chiqish manbai qonuniy himoyaga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 19:52 11.07.2025. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!