Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan kelajakda «Yuventus»ni boshqarish istagi borligini bildirdi.
«Ha, bir kun kelib «Yuventus»da ishlashni xohlardim. Ammo kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Agar murabbiylik faoliyatimni davom ettirsam, nega bunday imkoniyatdan foydalanmasligim kerak?» — dedi Zidan TuttoMercatoWeb nashriga.
Mutaxassis Turindagi faoliyatida Marchello Lippining o‘rni katta bo‘lganini ham ta’kidladi.
«Dastlab yaxshi o‘ynamaganman, muxlislar va matbuot ham meni yoqtirmagan. O‘shanda Lippi taslim bo‘lmaslikni o‘rgatgan va menga ishonch bildirgan. Undan juda minnatdorman», — dedi Zidan.
Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchisi 1996–2001 yillarda «Yuventus» sharafini himoya qilgan.