Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning samolyoti Moldovadan uchib ketayotganda dron tomonidan urib tushirilishidan qutulib qoldi.
Bu haqda Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Stere ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, voqea Ukraina prezidentining Osloga parvozi paytida sodir bo‘lgan. "Uning samolyoti Moldovadan uchib ketayotganda dron tomonidan urib tushirilishiga oz qoldi. Bu u duch kelayotgan haqiqat", deb ta’kidladi Stere.
Zelenskiyning Osloga safari rasmiy motam tadbirlarida ishtirok etish bilan boshlandi. Ukraina prezidenti Norvegiya qiroli Xaraldning dafn marosimida ishtirok etdi.