Zaporojye atom elektr stansiyasi xavfsizlik kafolatlarining bir qismi bo‘lishi kerak. Buni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Abu-Dabida aytib o‘tdi.
"Bular - muhim shartlar. Hozirgi kunda stansiya ishlamayapti. U bizning ishtirokimizsiz ishlay olmaydi ham, chunki bu mutlaqo imkonsiz. Biz esa o‘z iste’molchilarimiz uchun elektr energiyasi ishlab chiqaramiz va uni Yevropaga ham sotamiz," - deya ta’kidladi Ukraina rahbari.