Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy va Tramp: Istanbul muzokaralari va Ukraina tinchligi uchun kurash!

Zelenskiy va Tramp: Istanbul muzokaralari va Ukraina tinchligi uchun kurash!

Zelenskiy Istanbuldagi Ukraina-Rossiya muzokaralarini Tramp bilan telefon orqali muhokama qildi.

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, telefon suhbatida u Trampga Kiyev haqiqiy tinchlikka erishish yo‘lida imkon qadar tez harakat qilishga tayyorligini, biroq bu “kuchli pozisiyalar asosida” amalga oshirilishi kerakligini bildirgan.

"Kuchli pozisiyalar Rossiyaga qarshi keskin sansiyalar orqali ta’minlanishi mumkin. Agar rossiyaliklar to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish va insonlarning o‘ldirilishidan voz kechmasa, ularga nisbatan kuchli sanksiyalar qo‘llanishi kerak. Rossiyaga bosim u urushni yakunlashga tayyor bo‘lmaguncha saqlanishi lozim", — deb yozdi Zelenskiy Telegram-kanalida.

AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy bilan muloqotida, shuningdek, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers va Polsha bosh vaziri Donald Tusk ham qatnashgan.

Kiritildi: 20:11 16.05.2025. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!