Ukraina prezidenti Yaqin Sharqdagi keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda fransuz hamkasbi Emmanuel Makron bilan telefon orqali suhbatda xavfsizlikni mustahkamlash choralarini muhokama qildi.
Zelenskiy bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
"Biz Yaqin Sharq va Fors ko‘rfazi mintaqasini - Eron atrofidagi vaziyat va uning istiqbollarini muhokama qildik. Emmanuyel mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha ishimizni qo‘llab-quvvatladi. Ukraina "shahidlar"dan himoya qilishda eng katta tajribaga ega va bu Ukraina tajribasi barcha sheriklar bilan yangilangan va samaraliroq kollektiv xavfsizlik asoslaridan biriga aylanishi mumkin", dedi Ukraina rahbari.
Zelenskiy shuningdek, Makron bilan Fransiya, Ukraina va Yevropa uchun muhim bo‘lgan barcha asosiy xavfsizlik masalalarini muhokama qildi. "Xususan, [biz muhokama qildik] Ukrainadagi vaziyat va bizning asosiy mudofaa ehtiyojlarimiz. Men unga kecha kechqurun Rossiyaning keng ko‘lamli hujumi oqibatlari, shuningdek, front chizig‘idagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdim. Ukraina askarlari bu qishda sezilarli natijalarga erishdilar va barcha asosiy mudofaa chiziqlarini ushlab turishdi", deb yozgan u.
U shuningdek, Kiyev va Parij kelgusi haftalarda diplomatik muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rayotganini e’lon qildi.