"Menimcha, AQSh prezidenti Donald Tramp urush imkon qadar tezroq tugashini xohlaydi. Tezmi yoki yo‘qmi, bu qanday amalga oshirilishini bilmaymiz, lekin biz kuchli bo‘lishimiz kerakligini yaxshi bilamiz. Tramp kuchli, lekin yevropaliklar bilan hamkorlikda qat’iy harakat qilishi kerak", - deya fikr bildirdi Ukraina prezidenti.
Shuningdek, Zelenskiy ukrainaliklar urush davrida saylov o‘tkazishga qarshi ekanini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukrainada harbiy holat to‘xtatilsa, armiya yo‘qotiladi. Harbiylar ishtirokisiz ovoz berish adolatdan emas.
"Agar Amerika va Yevropa bizni tark etmasligiga, balki bizni qo‘llab-quvvatlashi va xavfsizlik kafolatlarini berishiga ishonchim komil bo‘lsa, har qanday formatdagi muzokaralarga tayyor bo‘laman", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.