Prezident Vladimir Zelenskiy bayonot berishicha, u Ukrainaning AQShdan $500 mlrd qarzdorligini tan olmoqchi emas va «ukrainaliklarning o‘n avlodi» to‘laydigan shartnomaga imzo chekmaydi.
Uning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga $100 milliardlik yordam bergan, ammo Kiyev uni ham qarz deb hisoblamaydi. Chunki bu grantligi haqida Zelenskiy AQSh Kongressi va AQSh prezidenti (sobiq) Jo Bayden bilan kelishgan edi.
Tramp ta’kidlashicha, AQSh Bayden davrida Ukrainaga $350 mlrd ajratgan, endi amerikaliklar Kiyevdan pichoqqa ilinadigan nima bo‘lsa, jumladan, nodir metallar va neftni olishni istashmoqda.