Ikkala qonun loyihasi ham Oliy Rada rasmiy veb-saytida e’lon qilingan. Unda Ukrainada harbiy holat va safarbarlikni 9 maydan 6 avgustgacha uzaytirish nazarda tutilgan.
Mart oyi oxirida The Economist nashri Zelenskiy o‘z jamoasiga saylovlarga tayyorgarlik ko‘rishni topshirgani va yoz faslini nishonga olganini xabar qilgandi. Biroq nashrning qayd etishicha, saylov jarayonini boshlash uchun birinchi navbatda mamlakatda harbiy holat bekor qilinishi zarur.
Keyinroq prezident partiyasi “Xalq xizmatchisi” fraksiyasi rahbari David Arahamiya hech qanday saylovga tayyorgarlik olib borilmayotganini bildirdi. "Parlamentdagi barcha partiya va fraksiyalar harbiy holat bekor qilinganidan keyin olti oy o‘tib saylov o‘tkazilishi kerak, degan yakdil fikrga kelishgan. Umuman olganda, bizning pozisiyamiz shundan beri o‘zgarmagan", — degan edi Arahamiya.