Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy Ukrainada Starlink haligacha cheklovlar bilan ishlayotganini ma’lum qildi

Zelenskiy Ukrainada Starlink haligacha cheklovlar bilan ishlayotganini ma’lum qildi

Prezident Volodimir Zelenskiy jurnalistlarga Starlink'ning harbiy versiyasi — Starshield terminallari Ukraina hududida hamon cheklovlar bilan ishlayotganini aytdi. Shu bilan birga, Zelenskiyning jurnalistlarga aytishicha, Yevropa Ittifoqi hududida xuddi shu terminallar cheklovlarsiz ishlamoqda.

"Biz Starshield o‘rnatilgan bir nechta dronni YEI mamlakatlari hududiga yubordik, ular soatiga 180 kilometr tezlikda harakatlandi va Starshield yaxshi ishladi", — dedi u.

Bir necha kun oldin ukrainalik harbiylar Starlink terminali o‘rnatilgan dronning tezligi soatiga 160 kilometrdan oshsa, aloqa uzilib, operatorlar dronni yo‘qotib qo‘yish holatiga duch kelayotganini bildirgandi.

"Xulosa shuki, cheklovlar Ukraina hududida amal qilmoqda, ya’ni bu rejalashtirilgan amaliyot. Starshield'dagi cheklovlar sababli harbiylarimiz quruqlikdagi texnikalar bormaydigan pozisiyalarga dronlar orqali oziq-ovqat va suv yetkazib berish, shuningdek, Rossiyaning Shahed turidagi reaktiv dronlarini urib tushirish imkoniyatidan mahrum bo‘lmoqda", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina yetakchisi.

Kiritildi: 21:07 17.10.2026. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!