Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy Ukrainada koronavirusga ommaviy test o‘tkazishga topshiriq berdi 

Zelenskiy Ukrainada koronavirusga ommaviy test o‘tkazishga topshiriq berdi 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy majburiy ommaviy test o‘tkazish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi

Qonunga ko‘ra, koronavirus alomatlariga o‘xshash kasallik belgilariga ega barcha fuqarolar, bemorlar bilan muloqot qilganlar, koronavirusga chalinganlarni davolayotgan shifoxonalar xodimlari, polisiya, milliy gvardiya va boshqa muassasalarning epidemiyaga qarshi kurashga jalb qilingan xodimlari majburiy testdan o‘tkaziladi.

Qonunda boshqa choralar ham ko‘zda tutilgan. Jumladan, koronavirusga qarshi kurashga nafaqat mutaxassis shifokorlar, balki tibbiy oliygohlarning internaturani o‘tayotgan bitiruvchilari, tegishli malakaga ega bo‘lmagan tibbiy xodimlarni jalb qilishga ruxsat beriladi. Koronavirusdan davolanayotgan yoki unga chalingani sababli izolyasiyada bo‘lganlarga oylik maoshining yarmi miqdorida nafaqa to‘lanadi. 

Hukumat va sog‘liqni saqlash vazirligi maxsus saytda testlash haqidagi statistikani, epidemiyaga qarshi kurashga yo‘naltirilgan vositalar haqidagi ma’lumotlarni berib boradi. 

Ukraina bosh sanitar shifokori Viktor Lyashkoning ma’lum qilishicha, ommaviy testlash sog‘liqni saqlash vazirligida uni o‘tkazish va olingan natijalardan foydalanish algoritmlari tasdiqlangandan keyin boshlanadi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada koronavirusga chalinganlar soni 17,3 mingdan ko‘proqni, undan vafot etganlar 476 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallanganlar orasida 3,4 nafar ming tibbiy xodim bor.  

Kiritildi: 07:55 16.05.2020. O'qildi: 1831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!