Ukraina va AQSh o‘rtasidagi mineral resurslar bo‘yicha muzokaralar ijobiy tomonga o‘tdi.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, onlayn va oflayn formatdagi muzokaralar shu hafta oxirigacha davom etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday maslahatlashuvlardan so‘ng tomonlar muhokama natijalarini taqdim etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Ukraina delegasiyasi amerikalik rasmiylar bilan yer qa’ri bo‘yicha kelishuv bo‘yicha texnik muzokaralar o‘tkazish uchun Vashingtonga jo‘nab ketgan edi.
The New York Times gazetasining yozishicha, Qo‘shma Shtatlar Ukraina uchun yanada qattiqroq shartlar qo‘yilgan kelishuv loyihasini tayyorlagan. Xususan, Amerika rasmiylari o‘z mamlakatlari kelishuv bo‘yicha investisiya fondidan Kiyev o‘tkazgan barcha yordamni qoplamaguncha barcha foydani olishini istamoqda. Shu bilan birga, Reuters 11 aprel, juma kuni Ukraina va Amerika rasmiylari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng bitim imzolash imkoniyatlari “past” ekanini yozdi.