Xalqaro hamkorlar bilan hamkorlik qilishning maxsus formati — "dron bitimlari" — Yaqin Sharq va Fors ko‘rfazi, Yevropa va Kavkaz mamlakatlari bilan allaqachon amalga oshirilmoqda.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qildi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, shunga o‘xshash taklif amerikalik hamkorlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Uning ta’kidlashicha, ushbu format havoda, quruqlikda va dengizda ishonchli mudofaa yaratish uchun zarur bo‘lgan dronlar, mudofaa tizimlari va boshqa turdagi qurollarni qamrab oladi.
Ukraina prezidenti bunday kelishuvlar shartlari Kiyev uchun qulay bo‘lishi, qat’iy nazorat bilan birga bo‘lishi va eksport daromadlari mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun ishlatilishi kerakligini ta’kidladi.
"Aynan shunday bo‘ladi", dedi Zelenskiy.