Ukraina Rossiya bilan yangi asirlar almashinuvini tayyorlamoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab zarur hujjatlar va ro‘yxatlarni tayyorlab bo‘lgan hamda Rossiya tomoni bilan muntazam aloqa o‘rnatgan.
Zelenskiy avval amalga oshirilgan almashinuvlar natijalari muhokama qilinganini va yangi bosqichga tayyorgarlik davom etayotganini aytdi. U yaqin vaqt ichida Rossiya va vaqtincha bosib olingan hududlardagi ukrain fuqarolarini uyiga qaytarishga umid bildirdi.
Prezidentga ko‘ra, jurnalistlar, davlat xizmatchilari va harbiylar kabi turli toifadagi fuqarolarni qaytarish ustida ish olib borilmoqda.
Avvalroq Zelenskiy Rossiyada 7 ming ukrain harbiy asiri, Ukrainada esa 4 mingga yaqin rossiyalik asir borligini ma’lum qilgan edi.