Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy: Ukraina kuzda Moskvagacha yetib borishi mumkin bo‘lgan raketani tayyorlaydi

Zelenskiy: Ukraina kuzda Moskvagacha yetib borishi mumkin bo‘lgan raketani tayyorlaydi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Reuters agentligiga bergan intervyusida Moskvagacha yetib borishi mumkin bo‘lgan FP-9 ballistik raketasi kuzda tayyor bo‘lishini ma’lum qildi.

Zelenskiyning aytishicha, oktyabr oyi boshida Ukraina 250 kilometrgacha masofaga ucha oladigan FP-7 taktik ballistik raketasini birinchi marta jangda qo‘llagan.

Ukraina rahbari, shuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasiga hujumlari kuchayishiga javoban Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalarni kuchaytirishini bildirdi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya qish oldidan Ukrainadagi nishonlar ro‘yxatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, potensial nishonlar qatoriga infratuzilma ob’ektlari, logistika tarmoqlari, yo‘llar, maktablar va shifoxonalar ham kirishi mumkin.

Ukraina prezidenti Kiyev Rossiyaning energetika ob’ektlariga zarbalariga javob qaytarishini, biroq fuqarolik ob’ektlarini nishonga olmasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, asosiy nishonlardan biri Rossiyaga daromad keltirib, urushni moliyalashtirishga xizmat qilayotgan neftni qayta ishlash zavodlari bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 11:25. O'qildi: 178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!