Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShning maxsus elchisi Stiv Uitkoff va Jared Kushner yakshanba kuni Moskva va Kiyevga tashrif buyurishini tasdiqladi.
Bu haqda Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
"Biz ushbu tashrifga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Bizning keng diplomatik guruhimiz - xususan, Amerika tomoni bilan ishlaydiganlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Va AQSh vakillarining avvalgi diplomatik tashriflari paytida qilganimizdek, muzokarachilar xavfsiz yetib borishi uchun Rossiya havo hududining normal ishlashini ta’minlaymiz", dedi u.
Ukraina prezidenti shuningdek, Rossiyani muzokaralar olib borish va Amerika tashrifi bilan bog‘liq logistika masalalarini hal qilish uchun zarur bo‘lgan muddat davomida havo hujumlarini to‘xtatishga chaqirdi.
"Bizning maqsadimiz eng konstruktiv va mazmunli tashrif va Amerika tomoni bilan muzokaralar. Biz bu urushga chek qo‘yish uchun real variantlarni izlashimiz kerak. Stiv va Jared qanday takliflarga ega va Moskva ularga qanday javob berishini ko‘ramiz", dedi Zelenskiy.