Shuningdek, Ukraina prezidenti rezident Yevropaga yo‘l olganini ma’lum qildi. Zelenskiyning aytishicha, u London va Bryusselda uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bundan tashqari, italyan matbuotining yozishicha, Zelenskiy Rimga ham borishi mumkin. Ukraina yetakchisi kecha Italiya bosh vaziri Jorja Meloni bilan telefon orqali muzokaralar olib borgandi.
"Ukraina muzokaralar delegasiyasi a’zolari Umerov va Gnatov ham Londonga boradi. Ular Qo‘shma Shtatlarda bo‘lib, amerikaliklar bilan muzokaralar olib borgan. Ertaga men muzokaralar natijalari va Rossiyaning talablari bo‘yicha ularning hisobotini tinglayman", — dedi Zelenskiy.
Avvalroq AQSh matbuoti ham ushbu suhbat murakkab kechganini yozgan edi. Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, asosiy kelishmovchilik nuqtasi Ukraina qo‘shinlarini Donbassdan chiqarish talabi bo‘lgan.