"AQSh hukumatining Ukrainaga doir yangi “tinchlik reja”si muvaffaqiyatga erishishi ehtimoli judayam kam. Tramp ma’muriyatining so‘nggi taklifi Volodimir Zelenskiy uchun qabul qilinishi qiyin bo‘lgan bir qator yon berishlarni, jumladan, Ukraina hududning sezilarli qismini yo‘qotilishi va mamlakat qurolli kuchlariga qat’iy cheklovlarni o‘z ichiga oladi", deya yozmoqda nashr.
"Bu talablar Ukrainaning to‘liq taslim bo‘lishiga teng va Zelenskiy bunga rozi bo‘lishga tayyor emas", — deya ta’kidladi gazeta manbasi.
Shuningdek, The Washington Post maqolasida bunday shartlar asosidagi o‘t ochishni to‘xtatishni ko‘pchilik ukrainaliklar “qabul qilib bo‘lmaydigan talablar” deb hisoblashlari qayd etilgan.