Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi. Tomonlar Nyu-Yorkda uchrashishga kelishib oldi. Bu haqda Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
"Hozirgina prezident Tramp bilan gaplashdik. Muhim suhbat bo‘ldi va ko‘p masalalarni muhokama qilishga ulgurdik. Nyu-Yorkda uchrashishga kelishib oldik va bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin. Diplomatik jarayonda harakat bor", — dedi Ukraina rahbari.
Zelenskiy, shuningdek, Stiv Uitkoff va Jared Kushnerning Kiyevga tashrifi uchun minnatdorlik bildirganini aytdi.
"Biz muhim tafsilotlarni batafsil muhokama qildik va ular Ukrainadagi vaziyatni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi", — dedi u.
Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, deeskalasiya choralari va xavfsizlikning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, energetika, oziq-ovqat xavfsizligi hamda insonlar hayotini himoya qilish bo‘yicha g‘oyalar mavjud.
"Biz Amerika jamoasi bilan birgalikda ishlayapmiz va haqiqatan ham jiddiy qadamlar tashlashga tayyormiz", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.