Xalqaro valyuta jamg‘armasi global zaxiralarda dollar ulushining biroz kamayganini, dunyo valyutalariga nisbatan qadri pasayganini ma’lum qildi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining kommunikasiyalar bo‘yicha direktori Juli Kozakning "RIA Novosti"ga bildirishicha, 2010 yillarning o‘rtalaridan boshlab xalqaro zaxiralarda dollar ulushining qisqarishi kuzatilmoqda.
Shuningdek, Kozak jamg‘arma hisob-kitoblariga tayanib, dollarning xalqaro valyuta zaxiralaridagi ulushi 58-59 foizni tashkil etishini qo‘shimcha qildi va dollarning qadri 2024 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichiga nisbatan pasayganini qayd etdi.