"Nasha Niva" nashrining Statkevichning rafiqasiga tayanib xabar berishicha, siyosiy mahbus qamoqda insult bo‘lib qolgani sababli ozod qilingan. Sobiq nomzodning rafiqasi Marina Adamovichning so‘zlariga ko‘ra, insultdan keyin Statkevichning nutqi buzilgan.
Nikolay Statkevich 2021 yilda Belarusdagi ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng "ommaviy tartibsizliklar" uyushtirishda ayblanib, 14 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.
2025 yil sentyabrida Belarus prezidenti Lukashenko yuzdan ortiq siyosiy mahbuslarni, jumladan, Statkevichni afv etgandi. Ular Belarus hududini tark etib Litvaga o‘tib ketishi kerak bo‘lgan. Ammo Statkevich bunga rozi bo‘lmagan va koloniyaga qaytarilgan.