Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Barak Obama o‘zga sayyoraliklarga oid maxfiy ma’lumotni oshkor qilganmi?

A A A
Barak Obama o‘zga sayyoraliklarga oid maxfiy ma’lumotni oshkor qilganmi?

Donald Tramp Barak Obama o‘zga sayyoraliklarga oid maxfiy ma’lumotni oshkor qilganini aytdi.

Jurnalist: Obama o‘zga sayyoraliklar haqiqatan ham borligini aytdi. Siz Yerga o‘zga sayyoralik mavjudotlar tashrif buyurganiga oid qandaydir dalillarni ko‘rganmisiz?

Tramp: U maxfiy ma’lumotni oshkor qilgan. U bunday qilmasligi kerak edi.

Jurnalist: Demak, o‘zga sayyoraliklar haqiqatan ham bormi?

Tramp: O‘zga sayyoraliklar haqiqatan ham bor yoki yo‘qligini bilmayman. Ammo Obama katta xato qildi.

Shanba kuni AQShning sobiq prezidenti Barak Obama amerikalik bloger Brayan Koenga bergan intervyusida o‘zga sayyoraliklar mavjudligiga ishonishini tan olgandi, biroq ularni shaxsan ko‘rmaganini aytgan edi. Shu bilan birga, Obama prezidentlik muddati davomida o‘zga sayyoraliklar bilan aloqa o‘rnatilganiga oid dalillarni ko‘rmaganini qo‘shimcha qilgandi.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!