Ikki karra "Oltin to‘p" sohibasi Bonmati meningit bilan kasalxonaga yotqizildi.
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Aytana Bonmati tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, unda virusli meningit aniqlandi.
Bonmati shifoxonada shifokorlarning doimiy nazorati ostida bo‘lib, unga vena ichiga dori-darmonlar buyurilgan.
Futbolchi 2-27 iyul kunlari Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionati oldidan Yaponiya bilan o‘rtoqlik o‘yinini (3:1) o‘tkazib yubordi.
Futbolchi Yevroda safga qaytish ehtimoli bor.
27 yoshli Bonmati jahon chempioni (2023), Millatlar ligasi g‘olibi (2024) va ikki karra "Oltin to‘p" sohibasi.