Bugun 6 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy Rossiyaga qarshi yana yangi sanksiyalar kiritdi

Zelenskiy Rossiyaga qarshi yana yangi sanksiyalar kiritdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik tadbirkorlarga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi va Rossiyaning harbiy sanoati va neft sektoriga yangi cheklovlar kiritdi.

Zelenskiy bu haqda o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi farmon muddati tugaydigan sanksiyalarni uzaytiradi va rossiyalik tadbirkorlarga taalluqlidir. Ikkinchi farmonda Rossiya harbiy sanoati korxonalari, xususan, uchuvchisiz samolyotlar va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchilarga cheklovlar joriy etilgan.

Uchinchi hujjat Rossiya neft sektoriga aloqador shaxslar va kompaniyalarga tegishli, dedi Zelenskiy.

"Shuningdek, biz Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalari - 19-paketni va Qo‘shma Shtatlardan tegishli choralarni kutmoqdamiz", dedi Ukraina rahbari.

19 sentyabr kuni Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi 19-sanksiya paketini taqdim etdi. Unda uchinchi davlatlarga Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga ko‘rsatgan yordami uchun sanksiyalar, 2027 yilgacha Rossiyadan suyultirilgan gazni taqiqlash, Rossiya, Hindiston va Xitoyning sanoat tarmoqlari uchun qattiq eksport nazorati va boshqa choralar kiradi.

Kiritildi: 08:00 05.10.2025. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!