Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Zelenskiy: Rossiya jarayonni murakkablashtirmoqda

Zelenskiy: Rossiya jarayonni murakkablashtirmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vladimir Putinning frontda sukut saqlash g‘oyasi haqidagi so‘zlarini “bashoratli va o‘ta manipulyasiyali” deb atadi.

Uning fikricha, Rossiya prezidenti aslida bu taklifni rad etishga tayyorlanmoqda.

Bu haqda Zelenskiy Telegram ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.

U Ukraina AQShning harbiy harakatlarni 30 kunga to‘xtatish rejasini qabul qilganini eslatdi. Ushbu rejaga ko‘ra, tomonlar uzoq muddatli xavfsizlik va haqiqiy, ishonchli tinchlik haqidagi barcha savollarga javob tayyorlashlari va urushni tugatish rejasini stolga qo‘yishlari kerak.

“Ukraina imkon qadar tezroq, imkon qadar konstruktiv ishlashga tayyor. Biz bu haqda Amerika vakillari bilan gaplashdik, yevropalik hamkorlarimiz va dunyodagi barcha hamkorlarimiz bu haqda bilishadi”, dedi u.

Zelenskiyning fikricha, Rossiya bu jarayonni murakkablashtirmoqda.

“Biz amerikalik hamkorlarimiz, yevropalik hamkorlarimiz bilan, dunyoda tinchlikni istaydigan barcha bilan, Rossiyani urushni tugatishga majbur qilishda ishlashda davom etamiz”, - deya xulosa qildi u.

Kiritildi: 13:47 14.03.2025. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!