Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy Rossiya iqtisodiyoti uchun eng kuchli sanksiyalarni aytdi

Zelenskiy Rossiya iqtisodiyoti uchun eng kuchli sanksiyalarni aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga eng kuchli zarba bo‘lishi mumkin bo‘lgan sanksiya yo‘nalishlarini sanab o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ustuvor choralar quyidagilardan iborat: Rossiya bank sektori va Rossiya bilan savdoni davom ettirayotgan mamlakatlardagi banklar, shuningdek, Rossiyaning «soyo floti» infratuzilmasi — kema kapitanlari, sug‘urtachilar, neft jo‘natish uchun foydalaniladigan terminallar va Rossiya sxemalarini amalga oshirish imkonini beruvchi bozor operatorlari.

Zelenskiy sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun mavjud sxemalarga ham qarshi kurashish zarurligini ta’kidladi.

Prezident ma’lum qilishicha, Yevropa uchun Rossiyaning ayrim muhim tovarlarga kirishini cheklaydigan maxsus sanksiya mexanizmi tayyorlanmoqda. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi va AQSh Rossiya energetika resurslaridan tushadigan daromadlarni cheklash masalasida maslahatlashuvlarni davom ettirmoqda.

Zelenskiy qo‘shimcha qildi: Ukraina hamkorlari tomonidan joriy etilayotgan sanksiyalarga milliy darajada qo‘shilishni davom ettiradi.

Kiritildi: 15:59 11.09.2025. O'qildi: 1053 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!