Zelenskiy Ukrainaga qurol yetkazib berish va NATO'ga a’zo bo‘lish yo‘li evaziga, Rossiya bosib olgan hududlar ustidan Moskvaning nazoratini tan olishga tayyor — The Daily Telegraph
Nashrning xabar berishicha, Donald Tramp va Vladimir Putinning uchrashuvi oldidan Yevropa yetakchilari Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazib, umumiy pozisiyani kelishib olish va o‘z sulh taklifini ishlab chiqishga harakat qilgan. Ushbu reja doirasida Ukraina harbiy harakatlarni to‘xtatish va rus harbiylari nazoratida bo‘lgan hududlarni berishga rozi bo‘lishi mumkin.
"Bu front chizig‘ini hozirgi holatida muzlatish degani. Biroq Kiyev bunday variantga faqat “ishonchli xavfsizlik kafolatlari”, ya’ni Ukrainaga qurol yetkazib berish va NATO'ga a’zo bo‘lish yo‘li taqdim etilgandagina rozi bo‘lishi mumkin", deya yozmoqda gazeta.
Moskva esa Kiyev bilan sulhga erishish sharti sifatida Ukrainaning to‘liq qurolsizlanishini va uning NATO'ga qo‘shilmasligini talab qilmoqda.