Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni faqat o‘t ochishni to‘xtatish sharti bilan boshlashga tayyorligini aytdi.
Kreml avvalroq Ukraina Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar yo‘lidagi to‘siqlarni qonuniy ravishda “tozalashi” kerakligini ta’kidlagan edi.
“O‘t ochish to‘xtatilgandan keyin biz istalgan formatda muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyormiz”, dedi Vladimir Zelenskiy jurnalistlarga (AFP iqtibos keltirgan). Uning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng harbiy harakatlarni to‘liq tugatish bo‘yicha keyingi bosqichlarga o‘tish mumkin bo‘ladi.
OAV xabariga ko‘ra, AQSh tinchlik rejasiga Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishdan bosh tortishi va Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olinishini kiritishni taklif qilmoqda. Jurnalistlar bilan suhbatda Vladimir Zelenskiy Ukraina qonuniy ravishda yarim orolni Rossiya deb tan olmasligini, chunki bu mamlakat konstitusiyasiga zid ekanligini aytdi. NATOga a’zolik masalasini sharhlar ekan, u Shimoliy Atlantika alyansidan boshqa hech kim bunday veto qo‘ya olmasligini aytdi, deb xabar beradi kommersant.ru.