Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy: "Rossiya bilan mahbuslarni almashish jarayoni to‘xtab qoldi"

Zelenskiy: "Rossiya bilan mahbuslarni almashish jarayoni to‘xtab qoldi"

Kiyev va Moskva o‘rtasidagi mahbuslarni almashish jarayoni Rossiyaning pozisiyasi tufayli amalda to‘xtatilgan.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlarga ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya siyosiy kelishuvlarni kengaytirishni talab qilib, kelishuvlarni amalga oshirishni sun’iy ravishda kechiktira boshlagan.

Avvalroq Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov va Rossiya vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar yangi yil oldidan keng ko‘lamli mahbuslar almashinuviga tayyorgarlik ko‘rishga kelishib olgan, shuningdek, hibsga olinganlar ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgan edi.

"Tomonlar Yangi yil oldidan ancha keng ko‘lamli almashuv bo‘yicha kelishib oldilar va ro‘yxatlar yakunlanishi kerak. Ammo hozir Rossiya tomoni to‘xtab qolgan", - deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Kiritildi: Bugun 08:51. O'qildi: 311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!