Bugun 10 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy Rossiya bilan energetika va g‘alla masalalarida murosa qilishga tayyorligini aytdi

Zelenskiy Rossiya bilan energetika va g‘alla masalalarida murosa qilishga tayyorligini aytdi


Ukraina prezidenti bu haqda jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.

"G‘alla, energetika — Ukraina va Rossiya uchun og‘riqli masalalar. Bugungi kunda ular butun dunyo, jumladan, Hindiston, BAA, Saudiya Arabistoni, Misr va ko‘plab boshqa davlatlar uchun ham muhim masaladir. Biz murosaga borishga tayyormiz", — dedi Ukraina rahbari.

Zelenskiy buni muhokama qilishda har ikki tomonning harakatlarini inobatga olish zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina allaqachon ko‘plab murosalarga borgan va bu yo‘nalishda qadam tashlayotgan yagona tomon bo‘lib qolmasligi kerak.

Ukraina prezidenti keyingi qadamlar nafaqat Kiyevning yechim izlashga tayyorligi, balki Moskva tomonidan ham tegishli qadamlar tashlanishiga bog‘liqligini bildirdi.

Kiritildi: 20:25 09.09.2026. O'qildi: 396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!