Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2026-yil 2-sentyabr kuni Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Burchmulla” MFY hududidagi “Chorvoq suv ombori” suv havzasida 3 nafar fuqaro (ota va 2 nafar o‘g‘il) katerda sayrga chiqqan va suvga tushish taqiqlangan hududga borib himoya nimchasiz suvga tushib cho‘kib ketgan edi.
Xabar kelib tushgan zahoti FVV g‘avvos-qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib borib, qidiruv ishlarini boshlagan. Shuningdek, qidiruv ishlari ko‘lamining kengligi va suv omborining chuqurligini inobatga olib, hodisa joyida Favqulodda vaziyatlar vaziri topshirig‘iga asosan shtab faoliyati tashkil etilib, qo‘shimcha ravishda Jizzax va Sirdaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalaridan qo‘shimcha kuchlar jalb etildi. Qidiruv ishlarida barcha zarur texnika va zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanilmoqda.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bugun soat 13:02 da cho‘kib ketgan fuqarolardan birining jasadi topildi.
Qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.