Bugun 10 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston ballistik raketalar ishlab chiqaradimi?

O‘zbekiston ballistik raketalar ishlab chiqaradimi?

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlikka tayyor

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich O‘zbekiston bilan mudofaa sanoati, jumladan uzoq masofaga uchadigan ballistik raketalar ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Uning aytishicha, Serbiya hozir qisqa masofali raketalar ishlab chiqarmoqda va uzoq masofali ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkin.

Vuchich O‘zbekistonni mudofaa sanoatida hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan davlatlar qatorida tilga oldi.

Bayonot 8 sentyabr kuni Belgradda o‘tkazilgan O‘zbekiston–Serbiya biznes forumida yangradi. Forumda ikki davlatdan 200 dan ortiq rasmiy va ishbilarmon ishtirok etdi.

Kiritildi: 20:30 09.09.2026. O'qildi: 1755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!