Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Zelenskiy Rossiya Belarusni urushga tortishga urinishi mumkinligini ma’lum qildi

Zelenskiy Rossiya Belarusni urushga tortishga urinishi mumkinligini ma’lum qildi

Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, Belarusda harbiy faollik sezilarli darajada kuchaygan.

"Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Belarusning chegara hududlarida Ukraina hududiga olib boruvchi yo‘nalishda yo‘llar qurilmoqda va artilleriya pozisiyalari kuchaytirilmoqda. Bizningcha, Rossiya Belarusni yana o‘z urushiga tortishga urinib ko‘rishi mumkin", — dedi Ukraina yetakchisi.

Volodimir Zelenskiy, shuningdek, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga AQSh Nikolas Maduroni qo‘lga olgan paytida Venesuelada yuz bergan voqealarni eslatib o‘tdi.

"Men Belarusning amaldagi rahbariyatini Ukrainaning o‘z yeri va mustaqilligini himoya qilishga tayyorligi haqida ogohlantirish uchun tegishli kanallardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma berdim. Venesueladagi so‘nggi voqealarning xususiyati va oqibatlari Belarus rahbariyati uchun xatolarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida ogohlantirish bo‘lib xizmat qilishi kerak", — dedi Ukraina prezidenti.

Avvalroq Lukashenko urushni xohlamasligini, ammo agar Ukraina Belarusga hujum qilsa, harbiy harakatlarni boshlashga tayyorligini aytgan edi. Shu bilan birga, Zelenskiy Ukraina Belarusga hujum qilish niyatida emasligini ta’kidlagan.

Kiritildi: Bugun 10:54. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!