Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy Rishi Sunak bilan telefon orqali suhbatlashdi

A A A
Zelenskiy Rishi Sunak bilan telefon orqali suhbatlashdi

"Buyuk Britaniya Bosh vaziri menga yarim milliard funt sterling miqdoridagi eng katta mudofaa yordam paketi ajratilgani haqida xabar berdi. Storm Shadow va boshqa turdagi raketalar, yuzlab zirhli transport vositalari va suv kemalari, o‘q-dorilar - bularning barchasi Ukrainaga jang maydonida haqiqatan ham kerak.

Men Buyuk Britaniya va shaxsan Bosh vazirga bunday kuchli qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mudofaa sohasidagi hamkorlikni, ayniqsa, dengiz va uzoq masofali imkoniyatlarga e’tibor qaratgan holda yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklari uchun minnatdorchilik bildiraman.

Shuningdek, biz Rossiya aktivlarini musodara qilishning samarali modelini yaratish zarurligini va Shveytsariyada bo‘lib o‘tadigan Tinchlik sammiti va Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitidan kutilayotgan umidlarni muhokama qildik", deya yozib qoldirdi Ukraina Prezidenti.

Kiritildi: 14:34 23.04.2024. O'qildi: 1189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!