Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy: "Referendum o‘tkazishga tayyorman,,,"

Zelenskiy: "Referendum o‘tkazishga tayyorman,,,"

Zelenskiy Donbassning kelajagi masalasida referendum o‘tkazishga tayyorligini aytdi,

Bu savolga Ukraina xalqi javob beradi. Saylov yoki referendum shaklida bo‘lsa-da, Ukraina xalqining pozisiyasi bo‘lishi kerak, dedi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Donbassda Rossiya harbiylari ishtirokisiz “maxsus iqtisodiy hudud” tashkil etishni taklif qilmoqda.

“Amerika tomoni Ukraina qo‘shinlari Donbass hududidan chiqishini ko‘zda tutmoqda. Murosaning mohiyati shundaki, Rossiya qo‘shinlari ham Donbassning bu hududiga kirmaydi. Ular 'erkin iqtisodiy zona' yoki 'demilitarizasiya qilingan zona' deb atayotgan bu hududni kim boshqarishini esa o‘zlari ham bilmaydi”, deya ta’kidladi Zelenskiy.

Kiritildi: 20:44 12.12.2025. O'qildi: 1076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!