Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy Qora dengizda kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlashga tayyorligini bildirdi

Zelenskiy Qora dengizda kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlashga tayyorligini bildirdi

"Agar Rossiya ham keskinlikni kamaytirish bo‘yicha amaliy qadamlar tashlashga tayyor bo‘lsa, Ukraina Qora dengizda kemalarning xavfsiz qatnovi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga tayyor", — dedi Ukraina prezidenti.

Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro huquq shunchaki ta’rif bo‘lib qolmasligi, balki amalda ishlashi kerak.

"Dunyoda deyarli hech kim xalqaro huquqqa ishonmay qo‘ydi, ammo biz baribir bu so‘zlar o‘z ma’nosini butunlay yo‘qotishini istamaymiz. Biz xalqaro huquqning haqiqiy kuchga ega bo‘lishini xohlaymiz. Inson hayotining haqiqiy qadr-qimmati aynan shunga bog‘liq," - dedi deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.

Prezident, shuningdek, Ukraina Rossiyadan o‘zi boshlagan urush va Ukraina hududini noqonuniy egallab olgani uchun javobgarlikni kutayotganini aytdi.

Kiritildi: 22:50 23.09.2026. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!