"Bizni kimdir nazorat qilishiga rozi bo‘lmaymiz", — dedi Ukraina prezidenti Polshaning PAP agentligiga. Zelenskiy Putinning Moskva Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan taqdirda xavfsizlikni ta’minlash masalasini o‘ylab ko‘rishga tayyor ekani haqidagi so‘zlariga shunday izoh berdi.
Kecha Putin Rossiya armiyasi Ukraina saylov kuni Ukraina hududining zarba berishdan tiyilishi mumkinligini aytgandi. Shu bilan birga, u Rossiyada yashayotgan ukrainaliklarga ham ovoz berish imkoniyati berilishi kerakligini ta’kidladi.
Ukraina qonunlari mamlakatda harbiy holat amal qilayotgan davrda saylovlarni, jumladan prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni ham taqiqlaydi. Urush davomida Ukrainada 2023 yilga rejalashtirilgan Oliy Rada saylovlari ham, 2024 yilga belgilangan prezidentlik saylovlari ham o‘tkazilmadi. Shu fonda Rossiya rasmiylari Ukrainaning hokimiyatining legitim emasligi haqidagi da’volarni bildirib kelmoqda.