Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

OAV: AQSh razvedkasi Putinning Ukrainadagi harbiy maqsadlari o‘zgarmaganini ko‘rsatmoqda

OAV: AQSh razvedkasi Putinning Ukrainadagi harbiy maqsadlari o‘zgarmaganini ko‘rsatmoqda

AQSh razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin butun Ukrainani egallab olish va sobiq Sovet hududlarida ta’sirini tiklash niyatidan voz kechmagan. Bu haqda olti manba Reuters agentligiga ma’lum qildi.

Ma’lumotlar AQSh prezidenti Donald Tramp va uning muzokarachilari bildirgan — Putin urushni tugatishni istayapti, degan bayonotlarga zid keladi. Manbalarga ko‘ra, so‘nggi razvedka xulosalari sentyabr oxiriga to‘g‘ri keladi.

AQSh xulosalari 2022 yilda urush boshlanganidan beri o‘zgarmagan va Yevropa davlatlari hamda razvedka xizmatlarining Putin butun Ukraina va NATOga yaqin hududlarni ko‘zlayotgani haqidagi baholariga mos keladi.

Shu bilan birga, Oq uy rasmiylari tinchlik muzokaralarida ilgarilash borligini aytishmoqda. Davlat kotibi Marko Rubio “sezilarli yutuqlar” qayd etilganini, ammo oldinda hali uzoq yo‘l borligini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 14:48. O'qildi: 404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!