Vladimir Zelenskiy NATO'ning Bryusseldagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
"Alyansning yangi bosh kotibi Mark Ryutte bugun NATO qarorgohida Ukraina prezidentini qabul qiladi", deya ma’lum qildi uning matbuot kotibi. Bugun alyans mamlakatlari mudofaa vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, unda Zelenskiyning “g‘alaba rejasi”, jumladan, Ukrainaning NATO'ga a’zo bo‘lishi masalasi muhokama qilinishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Zelenskiy Bryusselga tashrifi davomida Yevropa Ittifoqining bir qancha davlatlari va hukumatlari rahbarlari bilan uchrashmoqchi.
Ertaga AQSh prezidenti Jo Bayden Yevropaga rasmiy tashrif bilan boradi va Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashib, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qiladi.