Bugun 30 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Zelenskiy NATO'ga a’zo bo‘lish evaziga bosib olingan hududlarni qaytarmasdan Ukrainadagi urushni tugatishga tayyorligini aytdi

Zelenskiy NATO'ga a’zo bo‘lish evaziga bosib olingan hududlarni qaytarmasdan Ukrainadagi urushni tugatishga tayyorligini aytdi

Ukraina prezident bu haqda Sky News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Agar biz urushning qizg‘in bosqichini to‘xtatmoqchi bo‘lsak, o‘z nazoratimiz ostidagi Ukraina hududini NATO himoyasi ostiga olishimiz kerak" , — deya ta’kidladi Zelenskiy.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning alyansga kirishi "urushning fsol bosqichi"ga chek qo‘yadi va keyinchalik Rossiya Federasiyasi tomonidan "diplomatik yo‘l" bilan bosib olingan hududlarni qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, bu Zelenskiyning keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri bosib olingan hududlarni qaytarmasdan uni tugatishga tayyorligi haqidagi birinchi bayonoti hisoblanadi.

Bungacha Ukraina rahbariyatining rasmiy konsepsiyasi urushni mamlakatning 1991 yildagi chegaralarida barcha hududlar qaytarilguniga qadar davom ettirish edi.

Kiritildi: Bugun 00:05. O'qildi: 670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!