Bugun 5 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy Melaniya Trampni orden bilan taqdirladi

Zelenskiy Melaniya Trampni orden bilan taqdirladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 4 noyabr kuni AQSh birinchi xonimi Melaniya Trampni I darajali “Knyaginya Olga” ordeni bilan taqdirladi. Tegishli farmon prezident saytida e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, mukofot Melaniya Trampga Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatish, inson huquqlarini himoya qilish va xayriya faoliyatiga qo‘shgan katta hissasi uchun berilgan. Shuningdek, uning Rossiya agressiyasi oqibatida jabrlangan ukrainaliklar, jumladan, bosib olingan hududlardan noqonuniy olib chiqib ketilgan va majburan ko‘chirilgan bolalarni qutqarishga qaratilgan faoliyati ham e’tirof etilgan.

Ma’lumot uchun, Melaniya Trampning vositachiligi natijasida Rossiya va Ukraina 27 oktyabr kuni Oleshki shahrida vaqtinchalik otashkesimga erishdi. “Sukunat rejimi” shahrdagi aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish va ularni xavfsiz hududlarga ko‘chirish maqsadida joriy etilgan.

Bundan tashqari, Melaniya Tramp Oq uyda Rossiya va Ukraina vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etishni ham rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 16:56 04.11.2026. O'qildi: 642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!