Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy Londonga yetib keldi

Zelenskiy Londonga yetib keldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Londonga tashrif buyurdi. U yerda Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya rahbarlari bilan muhim muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

«Bugun Buyuk Britaniyadaman. Biz Kir Starmer bilan ikki tomonlama muzokaralar va YE3 plyus Ukraina formatidagi uchrashuvni o‘tkazamiz. Unda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer ishtirok etadi. Barcha uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun jamoalar katta ish olib borishdi. Endi esa asosiy masalalarni muhokama qilish va rahbarlar darajasida kelishib olish muhim», — deb yozdi Zelenskiy Telegram sahifasida.

Uning ta’kidlashicha, muzokaralarning asosiy mavzulari Ukraina mudofaasi, havo hujumidan mudofaa tizimlarini kuchaytirish, Yevropa xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik va diplomatik jarayonlar bo‘ladi.

«Eng muhimi — urush sharoitida mudofaamizni mustahkamlash, havo hujumidan mudofaa sohasida hamkorlikni kengaytirish va Yevropa xavfsizligi bo‘yicha umumiy yondashuvni shakllantirishdir. Yevropa muzokaralarda ishtirok etishi va kuchli bo‘lishi kerak», — dedi Ukraina rahbari.

Zelenskiyning ma’lum qilishicha, ertaga u Buyuk Britaniya qiroli Charlz III bilan ham uchrashadi.

Ukraina prezidenti Buyuk Britaniya va boshqa hamkor davlatlarga ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirib, Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.

«Hayotni himoya qilishni kuchaytirish va Rossiyaga tajovuzi uchun bosim o‘tkazish borasida bizga yordam berayotgan Buyuk Britaniya hamda barcha hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Rossiya bu urushni o‘zi tugatishi kerak», — dedi Zelenskiy.

Kiritildi: Bugun 21:51. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!