Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy Kann kinofestivalining ochilishida nutq so‘zladi

Zelenskiy Kann kinofestivalining ochilishida nutq so‘zladi

Zelenskiy Kann kinofestivalining ochilishida nutq so‘zladi. Bu haqda «edaily.com» manbasi xabar bermoqda.

Prezident Vladimir Zelenskiy Kann kinofestivalining ochilishida emosional nutq so‘zladi.

U o‘z videomurojaatida festival mehmonlari va ishtirokchilariga: «Ammo vaqt o‘tishi bilan nafrat o‘tadi, diktatorlar o‘ladi», dedi.

Bu Charli Chaplinning «Buyuk diktator» filmidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtibos - nasizm, xususan Adolf Gitler haqidagi siyosiy satira.

«Bugun kino jim turmasligini isbotlash uchun bizga yangi Chaplin kerak», dedi Vladimir Zelenskiy.

«Biz kurashni davom ettirmoqdamiz, - deya qo‘shimcha qildi Ukraina rahbari. «Ozodligimiz uchun kurashni davom ettirishdan boshqa choramiz yo‘q. Biz bu urushda g‘alaba qozonamiz», dedi Zelenskiy.

Uning chiqishi gulduros olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Bu yil Kann kinofestivalida urush mavzusi muhim o‘rin tutadi. Ukrainalik kinorejissyor Sergey Loznitsaning Ikkinchi jahon urushi oxirida ittifoqchi kuchlar tomonidan Germaniya shaharlarini bombardimon qilgani haqidagi «Tabiiy vayronagarchilik tarixi» nomli so‘nggi hujjatli filmida Ukrainadagi urush haqida so‘z boradi.

Festival dasturida namoyish etiladigan yana bir hujjatli film litvalik rejissyor Mantas Kvedaravichyusning filmi bo‘lib, uni rejissyor aprel oyi boshida Mariupolda suratga olgan.

Bu yil Kann rossiyalik jurnalistlarning akkreditasiyasini bekor qildi va Rossiya hukumati bilan aloqador bo‘lgan rossiyaliklarni ishtirok etishdan bosh tortdi.

Kiritildi: 20:32 18.05.2022. O'qildi: 2011 marta. Fikrlar soni: 11 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!