Bu haqda Ukraina ommaviy axborot vositalari ma’lum qildi.
Xabarlarga ko‘ra, Zelenskiy G7 davlatlari yetakchilarining “Kuchli va suveren Ukraina” mavzusidagi maxsus yig‘ilishida ishtirok etadi.
Shuningdek, u Fransiya va Braziliya prezidentlari, Britaniya, Hindiston va Yaponiya bosh vazirlari, shuningdek Yevroittifoq va NATO'ning yuqori martabali rasmiylari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Avvalroq uning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan ham uchrashuvi rejalashtirilgan edi, biroq, Tramp sammitni muddatidan oldin tark etdi.